HOKIM YORDAMCHILARI BILAN OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI
2025-02-03 17:46:11 153
Hokim yordamchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev boshchiligida muloqot o’tkazildi. Mazkur tadbirda tuman mahalla fuqarolar yig’inlarida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Hokimning birini o’rinbosari dastavval, tadbirda barcha mutaasaddilarga hududlarda eng avvalo zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan ijro etiish yuzasidan ko’rsatmalar berdi. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlar muammolarini tizimli hal etishni tashkil etish, to’rtta tuman tajribasini amalda joriy qilishga doir tavsiyalar berildi.
Mazkur ochiq muloqot jarayonida tuman hokimining birinchi o’rinbosari hokim yordamchilariga bosh vazir o’rinbosari J. Qo’chqorov rahbarligida o’tkazilgan yig’ilishda berilgan topshiriqlarni ham yekazdi. Kunlik amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram