Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2025-01-30 18:08:17    89

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

 

Savol: Xorijiy til o’qituvchilariga to’lanadigan 50 foizlik ustamalar joriy yil 1-yanvardan bekor qilindimi? Ayrimlar, ustama butunlay bekor bo’ldi desa, ayrimlar 20 foizga tushirildi deyapti. Iltimos, nimalar bo’lganini batafsil tushuntirib beringlar.

 

Javob: Haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlarda milliy va xalqaro sertifikatlar uchun to’lanadigan ustamalar borasida turli xil xabarlar e'lon qilindi.


Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son Qarori bilan xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo’g’inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo’shimcha ustama to’lash 2025-yil 1-yanvardan boshlab to’xtatildi.


Lekin bu xabar noto’g’ri talqin qilinib, ayrimlar uni xorijiy til o’qituvchilariga ustama to’lash ham to’xtatiladi, deb tushunishdi. Ammo bu yerda faqatgina davlat boshqaruv idoralarining xodimlari haqida so’z borgandi.


Ya'ni, bu xorijiy til o’qituvchilariga taalluqli emas.


Xorijiy til o’qituvchilariga to’lanadigan ustamalar miqdori kamaydimi?


Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-sonli Farmoniga ko’ra, Bilim va malakalarni baholash agentligining xalqaro standartlar talablariga javob bermaydigan milliy baholash tizimida chet tili bo’yicha olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oylik qo’shimcha ustama quyidagicha to’lanishi belgilangan:


2025-yil 1-yanvarga qadar — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;



2025-yil 1-yanvardan boshlab — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.


Shu sababli, 2025-yil 1-yanvardan milliy sertifikatga ega bo’lgan xorijiy til o’qituvchilariga to’lanadigan 50 foizlik ustamalar endilikda, 20 foizga tushirildi.


Ayrim xorijiy til o’qituvchilari uchun 50 foizlik ustama to’lash davom ettiriladi.


Shuni alohida ta'kidlash joizki, agar xorijiy til o’qituvchisi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo’lsa, ularga 50 foiz miqdorida ustama to’lash davom etaveradi.


Bunda xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo’lgan xorijiy til o’qituvchilariga ham 50 foiz miqdorida ustama to’lanaveradi.


Faqat buning uchun milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim.


Yanada soddaroq qilib aytadigan bo’lsak, xorijiy til o’qituvchisi faqat O’zbekistonda tan olinadigan, BMBA tomonidan berilgan, milliy sertifikatga ega bo’lsa, ularga endilikda, 2025-yil 1-yanvardan boshlab 20 foiz ustama to’lanadi.


Agar u xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo’lsa, 50 foizlik ustamasi saqlanib qolaveradi.


O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram