Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

×

 2025-01-30 17:44:51    88

PDF yuklash
Chop etish




Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi

“Qishloq xo’jaligi maydonlaridagi qo’shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko’paytirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” gi Prezident qarori (PQ-465-son, 30.12.2025 y ) qabul qilindi.


Qarorga ko’ra, dala chetlari hamda aholi tomarqasi, xonadonlar va ko’p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko’chalarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish bo’yicha quyidagi yangi tartib joriy etildi:

- Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish bo’yicha;


- O’simliklar karantini va himoyasi agentligiga dala chetlarida hamda aholi tomarqasi, xonadonlar va ko’p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko’chalarida mahsulot yetishtirish, qishloq xo’jaligi sub'ektlariga urug’ va ko’chatlar yetkazib berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yo’naltirishni tashkil qilish vazifasi yuklatildi;

- Agentlik yil davomida daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning talablarini o’rganadi.


Dala chetlaridan samarali foydalangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha

- Ichki fitosanitar sertifikati bir yil davomida bepul beriladi;

- Dala chetlariga “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko’chatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli ko’chatga 25 ming so’mdan oshmagan holda agrosanoatni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg’armasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.


Alhamjon Haydarov - So’x tumani fitosanitar nazorati davlat inspektori




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram