EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI MUSTAHKAMLASH VA TABIIY MUHITNI YAXSHILASH KUNNING ENG ASOSIY MASALASI
2025-01-30 17:36:37 96
Ekologik xavfsizlikni mustahkamlash va tabiiy muhitni yaxshilash kunning eng asosiy masalasi
So’x tuman prokuraturasi tomonidan tumanda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o’rmon xo’jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan mutasaddilarni jalb etgan holda yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da tuman miqyosida ekologik xavfsizlikni mustahkamlash va tabiiy muhitni yaxshilash bo’yicha doimiy faoliyat yurituvchi idoralararo ishchi guruhining 2025 yil uchun belgilangan “Amaliy harakatlar rejasi”da ko’rsatilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Muntazam ravishda yo’l qo’yib kelinayotgan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram