SO’X TUMANI TIBBIYOTI RAQAMLARDA
2025-01-30 17:28:05 84
So’x tumani tibbiyoti raqamlarda
O’zbekiston Respublika Prezidentining 102-sonli qaroriga asosan tumanda 40 yoshdan yuqori bo’lgan fuqarolar qandli diabet kasalligi bo’yicha tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Skriningdan o’tkazilganlar orasida
Amaliy sog’lomlar - 4109 nafar;
Ortiqcha vazn toifasidagilar - 411 nafar;
Yuqori arterial bosim - 862 nafar;
Qandli diabet – 80 nafar;
Xolesterin darajasi yuqori bemorlar -75 nafar;
bulardan birinchi martda aniqlanganlar
Semizlik - 90 nafar;
YuQT - 690 nafar aniqlangan.
Shuningdek tibbiyot birlashmasi moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadida 2024 yil davomida olib kelingan tibbiy jihozlar:
Markaziy shifoxonaga 3 milliard 400 million so’mga 3 dona gemodializ apparati o’rnatildi;
Qabul emerjents bo’limiga 412 500 000 (to’rt yuz o’n ikki million besh yuz ming) so’mlik videoendoskopiya apparati olib kelib o’rnatildi;
Jarrohlik bo’limiga 59 772 772 so’mlik jarrohlik tibbiy asbob-uskunalar olib kelindi;
Tuman tibbiyot birlashmasiga 740 000 000 so’mlik laparaskop apparati olindi;
Markaziy shifoxonaga 7 milliard so’mlik MSKT apparati olib kelinib, o’rnatilib, ish boshladi;
KTMP onkoginekologik jihozlar bilan ta'minlandi.
Sanjarbek Ismoilov – So’x tumani tibbiyot birlashmasi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram