SO’X TUMANIDA VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV VA VILOYAT SEKTORLARI RAHBARLARI TOMONIDAN NAVBATDAGI FUQAROLAR SAYYOR QABULI O’TKAZILDI
2025-01-29 18:00:51 163
Qabulda so’xlik 145 nafar fuqaroning murojaati viloyat hokimligining bo’limlari, Xalq qabulxonasi, viloyat boshqarma va tashkilotlari ishtirokida ko’rib chiqildi.
Murojaatlar asosan sog’liqni saqlash, kredit, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish, bandlik, moddiy yordam, mahallalarni obodonlashtirish, suv ta'minotini yaxshilash, ichki yo’llarni asfaltlash, bog’cha tashkil etish, maktabni ta'mirlash kabi masalalarga oid bo’ldi.
Fuqarolar murojaatlarining ko’pi qabul chog’ida o’z yechimini topdi. Hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar bo’yicha mutasaddilarga qo’shimcha o’rganish bo’yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi. Shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga doir masalalar bo’yicha murojaatlar ham ko’rib chiqildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram