Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GULISTON MAHALLASIDAGI POLITEXNIKUMDA O’ZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI, BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI TARAQQIYOT DASTURINING (UNDP) O’ZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI VA FARG’ONA VILOYATI HOKIMLIGI BILAN HAMKORLIKDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2025-01-29 17:49:33    163

PDF yuklash
Chop etish





Guliston mahallasidagi politexnikumda O’zbekiston mahallalari uyushmasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining (UNDP) O’zbekistondagi vakolatxonasi va Farg’ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi


Birlashgan Millatlar Tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Farg’ona mintaqaviy filiali hamkorlikda “Markaziy Osiyoda zo’ravon eksterimizimning oldini olish uchun jamiyatlarda barqarorlikni qo’llab-quvvatlash” loyihasiga asosan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, muayyan ijtimoiy muammolari bor oilalar, ayollar va bolalarga (diskriminatsiya, zararli odatlarga duchor bo’lganlar, zo’ravonlik, turli davosiz kasalliklar, nosog’lom muhit, erta turmush, diniy oqimlar ta'siriga tushib qolgan va hokazo) xizmat ko’rsatayotgan mutaxassislarni aholiga sifatli xizmat ko’rsatishi bo’yicha bilim darajasi, malaka va tajribasini oshirish ko’zda tutilgan.


Mazkur hamkorlik loyihasi asosida O’zbekiston mahallalari uyushmasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining (UNDP) O’zbekistondagi vakolatxonasi va Farg’ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tumanimizning Guliston mahalla fuqarolar yig’inidagi politexnikumda ijtimoiy ish amaliyoti bo’yicha maxsus o’quv mashg’ulotlarini tashkil etdi.


Uch kun davom etadigan ushbu treninglardan ko’zlangan asosiy maqsad ijtimoiy-psihologik xizmatlar ko’rsatishda ijtimoiy ish va keys-menejment amaliyotini qo’llash, mahalla fuqarolar yig’ini mutahassislari faolligi va tegishli bilim va ko’nikmalarini oshirishdan iborat.


Tumanimizda o’tkazilgan tadbirda mahalla fuqarolar yig’inlarida aholiga hizmat ko’rsatayotgan mutaxassislar – mahalla fuqarolar yig’inlari xotin-qizlar masalalari bo’yicha faollari, ijtimoiy hodimlar, patronaj hamshiralar ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan o’tkazilgan mashg’ulotlardan bahramand bo’ldilar.


Tadbir Yaponiya hukumati moliyaviy ko’magida amalga oshirilmoqda.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram