Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA 4 TA TUMANLAR TAJRIBASI ASOSIDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR

×

 2025-01-29 17:46:14    165

PDF yuklash
Chop etish





So’x tumanida 4 ta tumanlar tajribasi asosida amalga oshiriladigan ishlar

 

Joriy yilning davomida tijorat banklari bilan birgalikda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

 

- “Sayhunobod tajribasi” asosida tijorat banklari va hokim yordamchilari tomonidan mahallalarda amalga oshirilgan 1 080 ta mikroloyihalar hisobiga 2 160 nafar nafar aholining daromadli mehnat bilan bandligi ta'minlanadi;


- “Uychi tajribasi” asosida tijorat banklari tomonidan mijozlar bilan o’tkazilgan 72 ta uchrashuvda tadbirkorlarning muammolarini hal etish va yangi tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash orqali 1 100 nafar fuqarolar ishga joylashtiriladi;

 

- “Zarbdor tajribasi” asosida bo’yicha qiymati 230,3 milliard so’mlik 5 ta loyihalar ishga tushirilib 390 ta ish o’rni yaratiladi;

 

- “G’ijduvon tajribasi” asosida mahallalarda 26 milliard so’mlik 5 ta loyiha amalga oshirilib 132 ta ish o’rni tashkil etiladi.


Shuningdek mahalla fuqarolar yig’inlarga biriktirilgan tijorat banklari tomonidan joriy yilda dasturlar doirasida 36.3 milliard so’mlik kreditlar ajratiladi,


Jumladan:


- Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida

8.6 milliard so’m;

 

- “Kichik biznesni uzluksiz qo’llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 24.7 milliard so’m;


- “Biznesga birinchi qadam” dasturi va boshqa dasturlar doirasida 2.0 milliard so’m kreditlar ajratiladi.

 

Bundan tashqari joriy yilda 13 009 nafar aholi doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlar bilan band qilinadi, hususan investitsiya loyihalari hisobiga 1 263 ta, xizmat ko’rsatishda 5 504 ta, qishloq xo’jaligida 6 679 ta, qurilishda 793 ta ish o’rinlari yaratilib, 2025 yil yakuni bilan ishsizlik darajasi 5,7 foizga tushiriladi.


Shu bilan birga hududlardan jami 3 329 ta oilalar kambag’allikdan chiqarilib, yil yakuni bilan kambag’allik darajasi 5,4 foizga tushiriladi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram