O’QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISH KUNNING ASOSIY MAVZUSI HISOBLANADI
2025-01-28 16:25:51 273
O’quvchilarni kasbga yo’naltirish kunning asosiy mavzusi hisoblanadi
Respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalash, ularga bilim va kasb cho’qqilarini zabt etishlarida barcha shart-sharoit va qulayliklarni yaratib berish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo’nalishda tizimda dual ta'limni yo’lga qo’yish bo’yicha mustahkam qadamlar qo’yilmoqda. Zero maktab ta'lim-tarbiyasini olgan har bir inson kasb tanlashda ham xato qilmasligi va o’zi sevgan kasb sohibi bo’lishi lozim.
«Ta'lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda professional ta'lim tizimida dual ta'limni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori ham qabul qilingan.
Yoshlarni kasb tanlashga yo’naltirish va umumta'lim maktablarda dual ta'lim talabotlarini ijro etishga doir olib borilayotgan ishlarni tahlil etish va ushbu yo’nalishdagi ishlarni yanada jonlantirish bo’yicha 30-sonli UO’T maktabida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev soha vakillari bilan maktabda bu bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etdi.
Maktabda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga doir keng ishlar amalga oshirilgan. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishga doir tashkil etilgan texnologiya fani xonasi va ushbu fan xonasi negizida tashkil etilgan ustaxona va chilangarlik tsexi yuqori sinf o’quchilarining sevimli kabinetiga aylanib qolgan.
Shu bilan birga maktabda yosh qizlarga kasb o’qitishga doir tikuvchilik xonasi tashkil etilib, zamonaviy asbob-dastgohlardan foydalangan holda yosh qizlar tikuvchilikni o’zlashtirishmoqda. Kabinetlarni ko’zdan kechirib, o’qituvchilar va mutaxassislar faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi ushbu ishlarni yanada jonlantirish va bevosita o’quvchilarni ishlab chiqarish korxonalariga safarbar etish lozimligini ta'kidladi.
Seminar jarayonida yoshlar mehmonlarga o’z mehnat mahsullarini namoyish etdilar. Joriy chorakda har bir ta'lim muassasasida dual ta'lim bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinishi tuman hokimi tomonidan ta'kidlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram