FUQAROLAR QABULI – XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT
2025-01-28 16:09:55 178
FUQAROLAR QABULI – XALQ BILAN OChIQ MULOQOT
Xalq bilan ochiq muloqotni yo’lga qo’yish maqsadida So’x tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida tuman hokimi o’rinbosarlari Sodiqjon Murzoyev va Madinaxon Safarovalar tomonidan fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Unda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi. Qabulda asosan fuqarolar ish joyi bilan ta'minlash, oilaviy nizolarni bartaraf etish, modiy yordam berish, tabobat olishda amaliy ko’mak ko’rsatish bo’yicha murojaat etishdi.
Qabul davomida 14 nafar fuqaro ishtirok etib, 18ta muammo bo’yicha murojaat etishdi. Qabul jarayonida har bir fuqaro murojaati tinglanib, ijrosi mutasaddi rahbarlar tomonidan nazoratga olindi hamda murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram