Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

 “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSIGA O’ZGARTIRISHLAR VA QO’SHIMCHA KIRITISH TO’G’RISIDA”GI O’RQ-1013-SONLI QONUNI

×

 2025-01-28 15:55:43    185

PDF yuklash
Chop etish




 “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartirishlar

va qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi O’RQ-1013-sonli Qonuni

 

        Keyingi yillarda mamlakatimizda ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga, aholiga ko’rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirishga, shuningdek soliq to’lovchilar uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

        Mazkur Qonun bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo’shimcha manbalardan daromad oluvchi byudjet tashkilotlari uchun belgilangan soliq stavkalarining amal qilishini 2027-yilning 1-yanvarigacha uzaytirish, shuningdek jami daromadning chegaraviy miqdorini 5 milliard so’mdan

10 milliard so’mga oshirish, ushbu daromad mavjud bo’lganda soliq to’lovchilar har oylik bo’nak to’lovlarini to’liq chorak o’tganidan keyin to’lashini nazarda tutuvchi o’zgartirishlar kiritilmoqda.

        Ushbu Qonun bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan beriladigan byudjet subsidiyalari jami daromad tarkibiga kiritilmasligini belgilovchi o’zgartirishlar kiritilmoqda.

        Bundan tashqari o’z mablag’lari hisobidan nodavlat umumiy o’rta ta'lim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga nisbatan foyda solig’i bo’yicha vaqtinchalik soliq imtiyozlari berilmoqda. Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temir yo’l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartlari asosida foydalanishga berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish aylanmasi qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashdan vaqtinchalik ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.

Mazkur Qonun ta'lim tizimini takomillashtirish uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratishga, aholiga ko’rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirishga, shuningdek soliq to’lovchilar uchun soliq yukini kamaytirishga xizmat qiladi.

         Xususan O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O’RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga quyidagi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi:

        1) 337-moddaning oltinchi qismidagi “2024” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;

2) 340-moddaning sakkizinchi qismidagi “besh milliard” degan so’zlar “o’n milliard” degan so’zlar bilan almashtirilsin;

3) 369-modda birinchi qismining 1-bandidagi “pul mukofoti va sovg’alar” degan so’zlar “pul mukofoti, sovg’alar va byudjet subsidiyalari” degan so’zlar bilan almashtirilsin;

4) 483-modda:

o’ttiz sakkizinchi qismidagi “2024” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ellik ikkinchi — ellik beshinchi qismlar bilan to’ldirilsin:

2025-yil 1-yanvardan 2030 yil 1 yanvarga qadar bo’lgan davrda ikki yil davomida teng ulushlarda tadbirkorlik sub'ektlari foyda solig’ini hisoblab chiqarish chog’ida o’z mablag’lari hisobidan nodavlat umumiy o’rta ta'lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarini mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli.

Nodavlat umumiy o’rta ta'lim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul asosda o’qishga qabul qilish bo’yicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, ushbu moddaning ellik ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya chegirmalari ushbu Kodeksning 306-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya normalarini qo’llash hisobidan bekor qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashdan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo’lgan davrda ozod qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temir yo’l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish yuzasidan xizmatlar ko’rsatish bo’yicha aylanmasi qo’shilgan qiymat solig’idan 2024-yil

1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo’lgan davrda ozod etiladi.

 

 

Rishton tumanlararo iqtisodiy                                                                           

sud sud'yasi                                                                                  Sh.Mirzamatov





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram