Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUDUD BRENDINI YARATISH TADBIRKORLIK FAOLIYATINING ASOSIY SHARTI HISOBLANADI

×

 2025-01-24 18:38:35    72

PDF yuklash
Chop etish




Hudud brendini yaratish tadbirkorlik faoliyatining asosiy sharti hisoblanadi


Davlatimiz rahbari tashabbusi asosida Respublikamiz hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, fuqarolar bandligini ta'minlash, ishlab chiqarish salohiyatini ko’tarish maqsadida Sayhunobod, Uychi, Zarbdor va G’ijduvon tumanlari tajribalari asosida tizimli ishlar olib borilayotir. Bunday ishlar bizning So’x tumanida ham amalga oshirilmoqda va Vatanimiz iqtisodiy salohiyatini ko’tarishda bizning tadbirkorlarni ham hissasi bor desak, mubolag’a emas.


Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Oftobru mahallasida bo’lib, mahalladagi barcha tadbirkorlar bilan uchrashdi va ularning muammolarini o’rganish barobarida faoliyatini yanada kengaytirishga doir o’zining taklif va tavsiyalarini berdi. Aynan Oftobru mahallasidagi asosiy drayver bu tadbirkorlik va ishlab chiqarish hisoblanadi.


Tuman hokimi tadbirkor Nasriddin Uzoqov faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkor ayni kunda o’z xonadonida oqqand mahsuloti ishlab chiqaradi.


Tuman hokimi ushbu yo’nalishda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qadoqlab, eksportga yo’naltirish va tuman brendini yaratish lozimligini qayd etdi. Mahallada ayni kunda 4 nafar oqqand ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub'ekti mavjud va barcha tadbirkorlar tuman hokimi taklifini qo’llab-quvvtalashga tayyor ekanliklarin bildirishdi va bu bo’yicha mahalla hokim yordamchisiga alohida ko’rsatmalar berildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram