STATISTIKA: SO’X TUMANIDA TARIXDA ILK MAROTABA LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH UCHUN 1 TRILLION 587 MILLLIARD SO’M MABLAG’ YO’NALTIRILADI
2025-01-24 18:36:01 75
Statistika: So’x tumanida tarixda ilk marotaba loyihalarni amalga oshirish uchun 1 trillion 587 millliard so’m mablag’ yo’naltiriladi
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 11-12 iyul kunlari Farg’ona viloyatiga hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan yirik bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish yuzasidan tashrifi davomida bizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Shu bilan birga davlatimiz rahbarining 2024-yil 16-dekabrdagi 440-sonli qarorlariga asosan So’x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, ishga solinmagan imkoniyatlardan to’liq va samarali foydalanish, aholining munosib turmush darajasi va bandligini ta'minlash bo’yicha 2025 yil uchun barcha yo’nalishlarda maqsadli ko’rsatkichlar belgilanib olindi.
Jumladan,
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha:
2025-yil davomida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi – 167,4 milliard so’mga yoki 111 foizga, xizmat ko’rsatish hajmi – 625.3 milliard so’mga yoki 114.6 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi – 661,9 milliard so’mga yoki 106,2 foizga, qurilish ishlari hajmi – 222,4 milliard so’mga yoki 105,5 foizga bajarilishi hamda bandlikni ta'minlash dasturi bo’yicha 13 009 ming tadan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Tashkil etilgan loyihalar bo’yicha:
Tumanda joriy yilda jami 1 388 ta (shundan makroloyihalar 280 ta, mikroloyihalar 1 108 ta, xorijiy investitsiya 28 ta) loyihalarni amalga oshirish uchun jami 1 trillion 587 milliard so’m mablag’lar sarflanishi rejalashtirilgan va buni hisobiga 5 804 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Zayliddin Iskandarov – So’x tumani iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram