FUQAROLAR QABULI
2025-01-23 18:18:04 48
Fuqarolar qabuli
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan moddiy va tibbiy yordam masalalari, tadbirkorlik uchun bank krediti olish, elektr ta'minoti, ichimlik suvi, davolanib sog’liqni tiklash bo’yicha moddiy yordam ajratilishi, uy-joyni ta'mirlashda ko’maklashish bo’yicha murojaatlari eshitildi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram