MAHALLALARDA AHOLI MUAMMOLARINI O’RGANISHGA DOIR AMALIY ISHLAR QILINMOQDA
2025-01-10 18:03:20 40
Mahallalarda aholi muammolarini o’rganishga doir amaliy ishlar qilinmoqda
Hududlarda aholi muammolarini o’rganish va ularni yechimiga oid chora-tadbirlar belgilashga doir ishlarni tashkil etilishi uchun tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan amaliy ishlar qilinmoqda. Bugun ayni ushbu masala yuzasidan tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev 1-sektor hududidagi G’aznov mahallasida o’rganishlar olib bordi.
Mahallada buo’lgan tuman hokimi birinchi o’rinbosari mahalla ahli, ayniqsa, nuroniylar bilan uchrashdi va mahalla yettligi ishtirokida mahalla ahlini qiynayotgan muammolarni o’rgandi. O’rganish jarayonlari davomida mahalla binosida sayyor qabul o’tkazildi va asosan mahalla ahli amalga oshirilgan ishlar va aholi manfaatini ko’zdlab qilingan ishlarga minnatdorchilik bildirishdi.
Tuman hokimi birinchi o’rinbosari mahalla yettiligi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Ilhomjon Tojiboyev yettilik faoliyatiga tanqidiy baho berar ekan, eng avvalo, fuqarolar muammolarini o’rganish va hudud tozaligiga e'tiborliroq bo’lishni tavsiya berdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram