JARAYON
2025-01-04 14:55:27 467
Jarayon
1-sektor hududidagi Tul, Qal'acha va G’aznov mahallalarida bugun amalga oshirilayogan ishlar tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev tomonidan o’rganildi va ko’zdan kechirildi. Hududda o’tgan 2024 yil davomida keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi va bunday ishlar bugungi kunda ham davom ettirilmoqda.
Ayniqsa, hududda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va imjtimoiy soha ob'ektlaridagi isitish mavsumidagi muammolar ham o’rganildi. G’aznov mahallasidagi tibbiyot muassasasi xodimlari bilan mahalla yettiligi iishtirokida mazkur maskandagi ishlar, ayniqsa, isitish holati va tibbiyot xodimlariga yaratib berilgan sharoitlar tuman hokimi o’rinbosari e'tibor markazida bo’ldi.
O’tgan yili turli davlat dasturlari va “Openbudget” asosida ko’p loyihalar amalga tatbiq etildi. Tul mahalla fuqarolar yig’inidagi 18-sonli maktabgacha ta'lim binosini rekonstruktsiya qilish ishlariga 6 milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan va o’rganishlar davomida hokim o’rinbosari qurilish mutasaddilariga ishlar sifatiga e'tiborliroq bo’lishni alohida ta'kidladi.
G’aznov mahallasida ham “Openbudget” loyihasi asosida “Toshmazor” ko’chasida betonlashtirish ishlari jarayoni ham ko’zdan kechirildi. Mazkur ishlarga loyiha doirasida salkam 1 milliard 300 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram