Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR DOIMIY E'TIBORDA!

×

 2025-01-04 14:46:09    483

PDF yuklash
Chop etish













Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar doimiy e'tiborda!


Xabaringiz bor, “Kambag’allikdan farovonlik sari” tamoyiliga asosan tumandagi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va ularning oilalariga turli tashkilot va muassasalar biriktirilgan bo’lib, ularning holidan xabar olib turish va muntazam ko’mak ko’rsatish biriktirilgan tashkilotlarmutasaddilarining mas'uliyati etib belgilangan. Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki mutasaddilariga 4-sektor hududidagi kam ta'minlangan fuqarolari biriktirilgan.


Guliston mahalla fuqarolar yig’inidagi xonadonlarda bo’lgan tuman Xalq Banki mutasaddilari mahalla yettiligi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olishdi.


Mutasaddilar biriktirilgan xonadonlarda bo’lib, fuqarolarni yangi yil bilan samimiy tabrikladilar va Xalq Banki vakili vakili Shohrux Hayotovning so’zlariga ko’ra, 4 nafar kam ta'minlangan xotin-qizlar va ayollarga bayram sovg’asi sifatida pul mablag’lari taqdim etdilar.


- 2025 yilda ham aholini kambag’allikdan chiqarish bo’yicha "Kambag’allikdan farovonlik sari" tamoyili doirasidagi dasturlar uzluksiz amalga oshirilib, har bir insonning farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratish ishlari davom ettiriladi, - dedi biz bilan suhbatda tuman Xalq Banki vakili.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram