Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’RAGAN EDINGIZ

×

 2024-12-26 17:36:00    90

PDF yuklash
Chop etish





So’ragan edingiz

 

MILLIY GVARDIYa O’QITUVChILARNING HAM DAVOMATINI QILADI(MI)?


Yo’q, o’qituvchilarning davomatini qilish Milliy gvardiyaning vazifasi emas!


Xususan, MMTV va Milliy gvardiyaning "Umumiy urta ta'lim maktablarida ukuvchilarni ta'limga jalb etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qonunbuzarliklarning oldini olish, psixologik qo’llab-quvvatlash hamda xavfsizlikni ta'minlash yuzasidan xamkorlik qilish to’g’risida"gi qo’shma qarori va kontseptsiyasiga asosan umumuiy urta ta'lim maktablariga biriktirilgan Milliy gvardiya inspektor-psixologlarining bevosita xizmat joyi maktablar etib belgilanadi xamda ular maktab psixologlari bilan birgalikdagi kundalik faoliyatini tashkil etib boradi.


Inspektor-psixologning vazifalarida o’qituvchilarning davomatini qilish keltirilmagan. Shunday ekan, Milliy gvardiya xodimlarining o’qituvchilarning davomatini tekshirishi va nazorat qilishi asossizdir.


O’z navbatida, "Pedagogning maqomi to’g’risida"gi Qonunning 5-moddasiga ko’ra, pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish, uning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, pedagog tomonidan ta'lim oluvchilarning bilimlarini to’g’ri va xolis baholashga ta'sir ko’rsatish, shuningdek unga o’z xizmat majburiyatlarini bajarishga to’sqinlik qilish qat'iyan taqiqlanadi.


Ushbu Qonunning 6-moddasida pedagogning huquqlari keltirilgan bo’lib, unga ko’ra, ta'lim tashkiloti tomonidan pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to’sqinlik qilish bilan bog’liq huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, pedagog ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzilmagan holda, o’z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to’g’risidagi ma'lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo’lgan boshqa ma'lumotlarni ko’rsatib, sudga bevosita murojaat qilishga haqli.


Xuddi shunday qoida Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda ham belgilangan bo’lib, 197 prim 5-moddaga muvofiq ta'lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta'lim oluvchilarning bilimini to’g’ri va xolis baholashiga ta'sir ko’rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta'lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to’sqinlik qilish,


fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa


o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.


Xulosa qilib aytganda, Milliy gvardiya o’z vazifa va majburiyatlaridan chetga chiqib o’qituvchilarning faoliyatiga aralasha olmaydi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram