FUQAROLAR QABULI
2024-12-26 16:35:45 1185
Fuqarolar qabuli
Aholimizga haftaning har payshanba kuni tuman hokimi qabuli o’tkazilib, murojaat qilingan barcha muammolarga yechim topib kelinmoqda.
So’x tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bugun ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman Xalq qabulxonasida mazkur hudud hamda mahallalardan kelgan aholining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflarini tingladi.
Murojaatlarning aksariyati moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, sog’liqni saqlash, kommunal xo’jalik, ta'lim sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan fuqarolarning barcha murojaati birma-bir muhokama qilindi.
Tuman hokimi fuqarolarning har bir yo’llagan murojaatlari bo’yicha, mutasaddilar bilan birgalikda batafsil, ko’rib chiqdi. Muammolarga yechim topish bo’yicha shu yerning o’zida aniq chora-tadbir belgilandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram