Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2024-12-26 16:16:09    100

PDF yuklash
Chop etish





Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi


Yangi yil arafasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov boshchiligidagi Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki So’x tumani bo’limi mutasaddilari Mulgon mahallasida bo’lib, mahalla yettiligi bilan kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko’p bolali, nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olishdi. Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki So’x tumani bo’limi boshlig’i Nu'monjon Sadirbekovning ma'lumotiga ko’ra, 4-sektor Mulgon mahalla fuqarolar yig’inidagi 5 ta oila mazkur bankka biriktirilgan bo’lib, bu oilalar har doim bank rahbariyati e'tiboridadir.


Mahalladagi 5 nafar fuqarolarga Yangi yil sovg’asi sifatida Xalq Banki tomonidan berilgan 2 000 000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari va bayram sovg’alari taqdim etildi. Shuningdek, tuman hokimi mahalla yettiligi bilan hududni rivojlantirish bo’yicha drayverlarni ishga solish yuzasidan o’rganishlar olib bordi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda ularning faoliyatini kengaytirish va mahallani rivojlantirishga oid o’zining taklif va tavsiyalarini berdi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram