STATISTIKA
2024-12-25 16:52:24 105
Statistika
2024 yilning 3 aprel kuni viloyat hokimining 265-01-50 sonli “Farg’ona viloyatida 2024–2025 yillarda tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug’ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash“ dasturi tasdiqlanib ijroga qaratildi.
Xususan, So’x tumanida 2024 yil davomida xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ishsizlarini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2 333 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligi ta'minlandi.
Jumladan,
650 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta'minlandi;
587 nafar ayollar o’z-o’zini band qilish orqali bandligi ta'minlandi;
85 nafar ishsiz ayollarga ishsizlik nafaqasi tayinlandi;
65 nafar ishsiz xotin-qizlar jamoat ishlariga jalb qilindi;
511 nafar xotin-qizlarni kasb-hunarga o’qitish kurslariga jalb etilishi ta'minlandi;
120 nafar xotin-qizlarga xokim yordamchilari tomonidan taqdim etilgan tavsiyanomalar asosida subsidiya ajratildi;
122 nafar ayollar tuman Xalkbank va Mikrokreditbank orqali kredit olishdi;
301 nafar xotin-qizlar mavsumiy ish orqali bandligi ta'minlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram