Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2024-12-24 15:51:25    197

PDF yuklash
Chop etish






Savol bering, javob beramiz

 

ZAGSDAN O’TMAY ShAR'IY NIKOH O’QITIB OILA QURGANLARGA JAVOBGARLIK BOR(MI)?!


Savol: Assalomaleykum. ZAGSdan utmasdan fakat shariy nikox uqitib oila qurganlik uchun kelin-kuyov taraflarga javobgarlik mavjudmi? Javob uchun oldindan raxmat.


Javob: Oila kodeksining 13-moddasiga ko’ra, diniy rasm-rusumlar asosida tuzilgan nikoh O’zbekiston Respublikasida tan olinmaydi. O’zbekiston Respublikasida bitta qonuniy nikoh tan olinadi!


Shar'iy asosda nikohdan o’tgan shaxslarga javobgarlik yo’q (afsuski!), ammo ularga nikoh o’qigan domlaga javobgarlik bor. Chunki qonuniy tartibda nikohdan o’tmagan shaxslarning shar'iy nikohini o’qish mumkin emas. Bu uchun javobgarlik mavjud.


Xususan, Ma'muriy javobgarlik kodeksining 47-3-moddasi 3-qismiga asosan nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o’rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, - bazaviy hisoblash miqdorining o’n besh baravaridan o’ttiz baravarigacha (5 625 000 so’mdan 11 250 000 so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.


O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram