Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJODIY TARJIMALAR BILAN ADABIYOT MAYDONINI TO’LDIRAYOTGAN SO’XLIK ZULLISONAYN SHOIR

×

 2024-12-24 15:49:04    128

PDF yuklash
Chop etish





Ijodiy tarjimalar bilan adabiyot maydonini to’ldirayotgan so’xlik zullisonayn shoir


Ijtimoiy tarmoqlarda So’xlik pedagog nomi bilan tanilgan hamyurtimiz Shohro’z Mo’minzodaning ijodi O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining “Birinchi kitobim” loyihasida nashr etildi. Kitob «Hurkak shu'la» deb nomlangan bo’lib, unda fors-tojik adabiyotidan badiiy tarjimalar o’rin olgan.


Shohro’z Eron shoirlaridan Furo’g’ Farruxzod, Ehyo Payoniy, tojik adabiyotidan Loiq Sherali, shunindek, mumtoz adabiyotdan Abdurahmon Jomiy, Sa'diy Sheroziy, Abdulloh Hotifiy, Abulqosim Firdavsiy va shu kabi buyuk ijodkorlarimizning ijodlaridan tarjimalar qilib kelgan.


«Hurkak shu'la»ga adabiyotshunos olim, Filologiya fanlari doktori, professor Valijon Qodirov so’zboshi yozib berdi.


Ushbu xabarni eshitgan kitob muallifi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quydagi fikrlarni bildirdi:

“Avvaliga bu xabarni ko’rib, hayratlandim. Mening hayratim va hayajonim jim bo’p qolish orqali yuz beradi. Biroz vaqt o’tib, nimalar sodir bo’lganini fahmlayman.

Garchi bu mening nomim ostida nashr etilgan bo’lsa-da, avvalo, Parvardigorimning marhamati, ota-onamning g’amxo’rligi, Ustozlarimning himmati bor, uyushmaning – mehnati. Bu borada alohida bir insonga rahmat aytib bo’lmaydi.


Aytish joizki, bu kitob adabiyotning ramziy ishonchnomasi, bu kitob majburiyat va mas'uliyat. Endi yangi-yangi ijodiy tarjimalar bilan adabiyot maydonini to’ldirishimiz kerak!


Anchadan beri Toshkentda emas edim. Indinga, ya'ni 25 dekabr kuni 15:00 da ushbu kitoblar taqdimoti O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi binosida bo’lib o’tadi. Meni tanigan va menga o’z didorini musharraf ettirmak niyatida bo’lgan ustozlarimni, kursdoshlarimni, do’stlarimni va onlayn shogirdlarimni taqdimotga chin ko’ngildan taklif etaman”.


Shohro’z Mo’'minzodani “zullisonayn shoir” deyishga to’la haqlimiz. Chunki yosh idjodkor ikki tilda nafaqat tarjuma bilan shug’ullanadi, go’zal va mazmunli she'rlar ham yozadi. Agar uning ijodi bilan tanishsangiz she'rlarida yangi mavzu va yangi ohanglar borligini his etasiz. 


Shoir ijodiga omad tilaymiz! Yangi kitob muborak bo’lsin!



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram