KONSTITUTSIYA - XALQIMIZNING HUQUQIY TAFAKKURI, XOHISH-IRODASINING YORQIN TIMSOLI VA AMALIY IFODASI
2024-12-07 13:15:09 2240
Konstitutsiya - xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli va amaliy ifodasi
So’x tumani madaniyat markazi majlislar zalida Konstitutsiyamizning 32-yilligiga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosarlari, sektorlar rahbarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, ustoz va murabbiylar, keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov so’zga chiqib, Bosh Qomusimizning fuqarolarimiz hayotidagi o’rni va ahamiyati haqida gapirib, huquqiy davlatning belgisi - barcha fuqarolarning irqi, millati, dinidan qat'iy nazar qonun oldidagi tengligida ekanligini ta'kidladi.
So’x tumani prokurori Sadirali Mirzokarimov ham o’z nutqida Konstitutsiya xalqning huquqiy siymosi, Konstitutsiyamizning benazir huquqiy qadriyat, muqaddas hujjat ekanligi haqida gapirib o’tdi. Konstitutsiyani baxt Qomusi deb bejiz aytilmaydi.
Konstitutsiya bayramiga bag’ishlab kontsert dasturi tuman madaniyat bo’limi xodimlari va 3-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o’quvchilari tomonidan ishtirokchilarga taqdim etildi. O’quvchi-yoshlar tomonidan sahnada baxtimiz Qomusi she'r va qo’shiqlar ila tarannum etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram