INSON QADRI – JAMIYAT BOYLIGI!
2024-12-03 18:03:32 265
Bugun tumanimizda ham 3-dekabr – xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan samimiy va ko’tarinki kayfiyatda tadbir tashkil etildi.
Navobod mahallasida joylashgan dam olish maskanida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi vakillari va tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirni So’x tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev ochib, - har bir insonning jamiyatdagi o’rni muhim va qadrlidir, - deya ta'kidladi. Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i o’z so’zida insonlar o’rtasidagi birdamlik va mehr-muruvvat jamiyatimizni yanada yuksaltirishi haqida so’z yuritdi.
Bayram dasturxoni atrofiga yig’ilgan mehmonlar uchun tuman madaniyat bo’limi san'atkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Ko’y-qo’shiqlar yangrab, barchani o’yin-kulgu va raqsga chorladi.
Tadbir davomida mehmonlar ko’tarinki ruhda vaqt o’tkazib, chinakam bayram shukuhini his qilishdi. Tadbir jarayonida barcha ishtirokchilarga tuman hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining esdalik sovg’alari taqdim etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram