TUMANIMIZDAGI SAYYOR QABULDA FUQAROLARNING IJTIMOIY YO’NALISHDAGI MUROJAATLARI KO’RIB CHIQILDI
2024-11-29 16:31:41 557
Tumanimizdagi sayyor qabulda fuqarolarning ijtimoiy yo’nalishdagi murojaatlari ko’rib chiqildi
So’x tumanida ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi Abdunazar Salimovning fuqarolar uchun sayyor qabuli o’tkazildi.
Tumanning Yangiariq mahallasida tashkillangan qabul davomida 14 nafar murojaatchining ijtimoiy yo’nalishlardagi masalalari mutaxassislar ishtirokida ko’rib chiqildi. E'tiborlisi, murojaatlarning 5 tasiga shu yerning o’zida ijobiy yechim topilgan bo’lsa, qo’shimcha o’rganish talab qilingan murojaatlar ijrosi uchun mas'ullar belgilandi. Shuningdek, aholi muammolarini o’rganish, ochiq muloqot orqali fuqarolarni eshitish va ularning qalbiga kirib borish, mazkur yo’nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Sayyor qabul yakunida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ijtimoiy himoya tizimida olib borilayotgan insonparvar islohotlar va buning samaralari xususida so’z yuritildi. Ta'kidlandiki, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topishda sayyor qabullarning ahamiyati katta bo’lib, bu amaliyot kutilganidek ijobiy samara bermoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram