E'TIBOR
2024-11-29 16:27:32 548
E'tibor
Ta'kidlash lozim, Respublikamizda jazo muddatini o’tab qaytgan fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvtalash, ularni sog’lom turmush tarziga yo’naltirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilyapti. So’x tumani hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi, tuman BKM bilan hamkorlikda ham ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar e'tirof etishga loyiq.
Bugun hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi tomonidan So’x tumani Sohibkor qishlog’ida yashovchi, jazo muddatini o’tab qaytgan Iabatullo Qudratulloyev xonadoniga borib, uning holidan xabar olishdi.
Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziy komissiyasi tomonidan mazkur holat ko’rib chiqib, markaz tomonidan 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so’m miqdorida moddiy yordam puli yetkazib berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram