“ZO’RAVONLIKKA QARSHI 16 KUNLIK” SHIORI OSTIDAGI TADIBRLAR 4 BOSQICHLI INFOKAMPANIYA TARZIDA O’TKAZILADI
2024-11-29 16:02:47 555
“Zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik” shiori ostidagi tadibrlar 4 bosqichli infokampaniya tarzida o’tkaziladi
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash maqsadida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik” shiori ostidagi tadbirlar 4 bosqichli infokampaniya tarzida o’tkazilishiga doir rejalar belgilangan. Info kampaniya 4 bosqichga bo’lib, har bir bosqich tematik mavzuda o’tkaziladi.
Birinchi bosqich “SOG’LOM OILA – YuRT KELAJAGI” shiori ostida o’tadigan tadbirlar majmui bo’lib info – kampaniyaning birinchi o’n kunligida o’tkaziladi. Birinchi bosqichda o’tadigan tadbirlar majmui ko’prok ona, farzandlarini salomatligi, ularning ruhiy holatini yaxshilashga qaratiladi.
Ikkinchi bosqich “BAXTLI BOLALALIK” shiori ostida o’tadigan tadbirlar majmui bo’lib info – kampaniyaning ikkinchi o’n kunligida o’tkaziladi. Ikinchi bosqichda esa bolaning ruhiy va tarbiyaviy masalalariga e'tibor qaratiladi.
Uchinchi bosqichda esa “BAXT BERING AYoLGA, MEHR BERING” shiori ostida o’tadigan tadbirlar majmui bo’lib info – kampaniyaning uchinchi o’n kunligida o’tkaziladi. Uchinchi bosqichda xotin-qizlarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga e'tibor qaratiladi.
To’rtinchi bosqich “ZO’RAVONLIKKA BARHAM BERISh”shiori ostida o’tadigan tadbirlar majmui bo’lib info – kampaniyaning yakuniy bosqichi bo’ladi (10 dekabrgacha o’tadi). To’rtinchi yakunlovchi bosqichda zo’ravonlik qilgan yoki zo’ravonlikka moyilligi bo’lgan shaxslar bilan ishlash, jamiyatda zo’ravonlikka murosasiz munosabatni shakllantirishga e'tibor qaratiladi. Shuningdek info – kampaniyaning erishgan natijalari xamjamiyatga keng yoritilishi nazarda tutiladi.
Shahnozaxon Shodmonova - So’x tumani IIB JXX XPB XQMB katta inspektori, podpolkovnik
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram