"YONG’IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDA TUMAN MIQYOSIDA TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA
2024-11-27 16:49:36 44
"Yong’in xavfsizligi oyligi" doirasida tuman miqyosida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda
Joriy yilning 15-noyabr kunidan 15 dekabr kuniga qadar Respublika miqyosida o’tkazilayotgan "Yong’in xavfsizligi oyligi" doirasida kuz-qish mavsumida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar, jumladan konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari, tabiiy va is gazidan zaharlanishlarni oldini olish, elektr va tabiiy gaz asbob-anjomlaridan foydalanish usulari, bularda texnika xavfsizligi tamoyillariga rioya etish maqsadida tumandagi korxona-tashkilot va muassasalar maktabgacha va maktab ta'limi bo’limiga qarashli muassasalardagi ishchilar va o’quvchilar bilan profilaktik suhbat o’tkazilmoqda.
Suhbatlar davomida ishtirokchilarga tabiiy, is gazidan zaharlanishlarni oldini, quturish, botulizm kasalliklarni oldini olish hamda binodagi mavjud yong’inga qarshi ichki yong’in o’chirish jumraklaridan foydalanish hamda birlamchi yong’in o’chirish vositalaridan to’g’ri foydalanish bo’yicha tavsiyalar berildi. Ta'lim muassasalardagi qozonxonalarda texnika xavfsizligiga roiya etish holatlari ham o’rganilmoqda.
Tuman gazlashtirish idorasiga qarashli suyultirilgan gaz ballonlari saqlash omobori xodimlari bilan ham bu bo’yicha targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbir jarayonida korxonaning portlab-yonish xavfi yuqori bo’lgan hududida yong’inlarni oldini olish, yong’in, zilzila va shu kabi favqulodda holatlar sodir bo’lganda tog’ri harakatlanish bo’yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram