Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYADA DAXLSIZLIK HUQUQI KAFOLATLARI QANDAY?

×

 2024-11-27 14:24:30    332

PDF yuklash
Chop etish





Konstitutsiyada daxlsizlik huquqi kafolatlari qanday?


Xabaringiz bor, yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan e'tiboran kuchga kirdi. 2023-yil 30-aprel kuni o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

Bunga qadar 1992-yildan buyon Konstititutsiyaga jami 15 marta o’zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o’zgarishlar ko’lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi.

Xususan, O’zbekiston “suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekanligi hamda ushbu qoidalarni o’zgartirish mumkin emasligi belgilandi.

Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo’lishi mumkin emasligi kabi normalar bilan to’ldirildi, shuningdek mulk daxlsizligi va u bilan bog’liq huquqlarning ta'minlanishi davlat tomonidan kafolatlanishi, mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida bo’lishi mustahkamlandi.

Shu kabi normalardan biri asosiy qonunimizning O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi 13-moddasida belgilab qo’yilgan.

Bundan tashqari uy-joy daxlsizlik huquqi kafolatlari ta'minlanishi kuchaytirildi. aytish joizki, uy-joy daxlsizligini qonuniy asoslarda kafolatlash asosiy qonunimiz darajasida belgilanishi inson qadri uchun tamoyilining hayotdagi tasdig’ini ta'minlanayotganligining muhim ko’rinishi sifatida ko’rishimizga imkon beradi.

Qomusimizning mazmuni shunday normalar bilan to’ldirilishi inson manfaatlarining yorqin namunasidir. Konstitutsiyamizning 31-moddasiga binoan, Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo’yishni va ko’zdan kechirishni o’tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo’l qo’yiladi. Uy-joyda tintuv o’tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan ruxsat etilishi belgilab qo’yildi.

Bundan ko’rinadiki, shaxs va uning uy-joy daxlsizligini ta'minlash, davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari qonuniy asoslarda O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lib turgan har kim mamlakat bo’ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno.

Har kim O’zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. O’zbekiston Respublikasi fuqarosi O’zbekistonga to’sqinliksiz qaytish huquqiga ega ekanligi yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 32-moddasida xalqchil so’zlar bilan e'tirof etib qo’yilgani e'tiborga molikdir.


Sh.Mirzamatov - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram