HAYOT YO’LIDA ADASHGAN FUQAROLARNI TO’G’RI YO’LGA YO’NALTIRISH – ASOSIY MAQSAD!
2024-11-25 16:24:33 174
Hayot yo’lida adashgan fuqarolarni to’g’ri yo’lga yo’naltirish – asosiy maqsad!
Respublikamizda inson qadrini ulug’lashga qaratilgan ishlar jarayonida hayotda adashgan, jazo muddatini o’tab qaytgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlashga ham alohida e'tiborr qaratilmoqda. So’x tumani hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi boshlig’i Nishonali Ibrohimovning so’zlariga ko’ra, ushbu fuqarolarga amaliy yordam berishga qaratilgan ishlar bevosita hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
So’x tumani Hazrati Ali mahallasida yashovchi fuqaro Jamshed Homidjonov ham unga berilgan muddatni o’tab O’zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasiga asosan ozod etilgan. Jazo muddatini o’tab qaytganligi sababli tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziga moddiy yordam surab murojaat etgan.
Murojaat yuzasidan jazo muddatini o’tab qaytgan fuqaroning sharoiti har tomonlama o’rganildi hamda tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ishtirokida suhbat o’tkazildi. Fuqaroga eng kam oylik ish haqining 4 barobari ya'ni 1 500 000 so’m miqdorda bir martalik moddiy yordam puli berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram