Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qonunchilikdagi o‘zgartirishlar

×

 2024-11-25 15:34:03    189

PDF yuklash
Chop etish



Qonunchilikdagi  o‘zgartirishlar



Sport soxasida korrupsiyaning oldini olish maksadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga ko‘shimchalar kiritildi


O‘zbekiston Respublikasining 988-sonli Qonuni qabul qilindi va 2024 yil 4 noyabrdan qonuniy kuchga kirgan.

Qonunga ko‘ra Jinoyat kodeksiga quyidagi mazmundagi 2141 va 2142-moddalar bilan to‘ldirilgan:


«2141-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilarn va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishn yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi


Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchining, trenerning, sport hakamining yoxud sport musobaqalari boshqa ishtirokchilarining va tashkilotchilarining ular bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, ushbu Kodeksning 210 va 214-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmaganda, -

 

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


O‘sha harakatlar:

a) takroran;

b) ko‘p miqdorda;

v) tamagirlik yo‘li bilan;

g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, -

 

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

O‘sha harakatlar:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, -


bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


2142-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini  pora evaziga og‘dirib olish


Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchiga, trenerga, sport hakamiga yoxud sport musobaqalarining boshqa ishtirokchilari va tashkilotchilariga ular bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki ularni mulkiy manfaatdor etish, ushbu Kodeksning 211 va 213-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmaganda, -


bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

O‘sha harakatlar:

a) takroran;

b)ko‘p miqdorda;

v)bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, -


bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


O‘sha harakatlar:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, -


bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Agar moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa va jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi».


Sh.R.Abdullaev - Fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudining raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram