OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI
2024-11-15 17:34:27 425
Mamlakatimizda bilimli va barkamol yoshlarni tarbiyalash davlatning ustuvor maqsadlaridan biri sifatida belgilab olingan.
Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan va barchamizning hayotimiz mazmuniga aylangan “Inson qadri uchun!”, degan bebaho tamoyil aynan shu maqsad ro’yobiga ham xizmat qiladi desak, xato bo’lmaydi.
Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish, bilib - bilmay noto’g’ri yo’lga kirib qolganlarini yorug’likka olib chiqish, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishdan qaytarish barchamizning vazifamizdir.
Shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi So’x tumani bo’limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni qo’llab-quvvatlash va ularning mavjud muammolarini manzilli hal etishga qaratilgan amaliy ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
J.G.Mirxisenov - Byuroning So’x tuman bo’limi davlat ijrochisi 1-darajali yurist
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram