“YONG’IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TIZIMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA
2024-11-15 17:13:06 149
“Yong’in xavfsizligi oyligi” doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong’in xavfsizligi oyligi” o’tkaziladi. Ushbu oylik davomida tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi vakillari tomonidan amaliy ishlar qilinishiga oid chora-tadbirlar rejasi belgilangan bo’lib, ushbu chora-tadbirlarga asosan ishlar olib borilmoqda.
Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limiga qarashli muassasalarda oylik doirasida targ’ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ta'lim muassasalari va davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo’lgan tizim xodimlari muassasalardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qozonxonalarda xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, sinfxonalar va kabinetlarning isitish holatini ko’zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklarni tezkor ravishda bartaraf etishga doir tavsiyalar berishmoqda.
Amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarda yong’inlarni oldini olish, yong’in, zilzila va shu kabi favqulodda holatlar sodir bo’lganda to’g’ri harakatlanish bo’yicha zaruriy tavsiyalar berilib, har bir ishchi xodimda birlamchi yong’in o’chirish vositalaridan foydalanish bo’yicha ko’nikmalar hosil bo’lishi uchun amaliy mashg’ulotlar olib borilmoqda. Bu kabi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar albatta xafsizligimiz kafolatiga xizmat qiladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram