DARDIGA MALHAM TOPGANLARNI KO’RSAM, QUVONAMAN
2024-11-13 15:53:02 319
Dardiga malham topganlarni ko’rsam, quvonaman
Farg’ona viloyati, So’x tumani “Lenburg” mahalla fuqarolar yig’inida chorak asrdan buyon el salomatligi yo’lida mehnat qilib kelayotgan Ra'no Homidjonovaning shifokor bo’lishiga bolalikdagi orzulari sabab bo’lgan. Manguga muhrlanib qolgan bolalik davridagi qilgan ezgu niyatlari bugungi kunda uni xalq e'tibori va e'tirofiga sazovor bo’lishdek baxt qasri tomon yetakladi. Bolalik orzulari ushlab, fidokorona mehnati, bilim va malakasi bilan ko’pning koriga bakor kelayotgan, oddiy qishloq shifokorining ish tajribasi, hayot yo’li bugun ko’pga ibratli. U mehnatidan baxt topdi, odamlar e'tiborni qozondi, yoshlarning sevimli ustoziga aylandi.
Prezidentimizning "Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to’g’risida"gi farmoniga muvofiq, “Lenbur” oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi “Sog’lom turmush” medali bilan taqdirlandi.
- Taqdirlanganimni eshitib, qanchalik quvonganimni so’z bilan ifodalab bera olmayman,- deydi oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi.- Samimiy tilaklar, dil izxorlar, ko’nglimni faxr, iftixorga to’ldirdi. Qo’qon shahridagi tibbiyot bilim yurtida tahsil olgach, tuman markaziy shifoxonasida doya, “Tul” birlamchi tibbiy sanitariya yordam ko’rsatish muassasasi hamshirasi, ”Lenbur” qishloq vrachlik punkti doya, oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi vazifalarida ishladim. Qishlog’imizda aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq ishlar o’z holicha edi. YEtti chaqirim olisda joylashgan “Devayron” qishloq vrachlik punktiga qatnab ishladik. Tibbiy jihozlar, malakali vrachlarning yetishmasligi aholi salomatligini muhofaza qilish borasida ko’plab muammolar kelib chiqishiga sabab bo’lgan. 2016 yilda Yurtboshimiz tashabbusi bilan “Lenbur” oilaviy shifoxonasi qurib berildi. Zamonaviy maskanida bemorlar salomatligini muhofaza qilish bilan bog’liq kerakli shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bugungi kunda 2000 nafar aholiga tibbiy xizmat ko’rsatib kelaman. Avvallari tibbiy yordam so’rab, murojaat qilgan fuqarolarni shifokor nazoratidan o’tishga yo’naltirish bilan cheklanganmiz. Chunki qo’limizda hech qanday tibbiy jihoz, dori-darmon bo’lmagan. Endi esa, masofadan turib ham malakali shifokorlar bilan muloqot qilish, tashxis qo’yish, davolash bilan bog’liq imkoniyatlarga egamiz...
Bilimdon, shirinso’zligi bilan ko’pning mehr, e'tiborini qozongan Ra'no yoshlarning sevimli ustozi, maslahatchisi sifatida ham hurmat, e'tibor topganlardan. Uning hayot yo’li mehnat faoliyatiga havas qilib, shifokorlik kasbini tanlayotgan yoshlar kundan kunga ko’payib bormoqda.
Purviqor tog’lar qo’ynida joylashgan ko’hna Lenburg qishlog’ida umrguzaronlik qilib, elda e'zoz topgan, tibbiyot hamshirasi Ra'no Homidjonovani yuksak davlat mukofoti bilan qutlab kelayotganlar bir dam bo’lsa-da to’xtagani yo’q.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram