SO’X TUMANIDA AHOLINI BIZNESGA JALB QILISH BO’YICHA SO’X TUMANI HOKIMINING BIRINCHI O’RINBOSARI ILHOMJON TOJIBOYEVNING MUROJAATI
2024-11-12 16:18:11 528
So’x tumanida aholini biznesga jalb qilish bo’yicha So’x tumani hokimining birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyevning
MUROJAATI
Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar!
Tumanimiz ish o’rinlarini tashkil qilishda quyidagi moliyaviy instrumentlardan foydalaniladi. Kredit mablag’lari ajratishni oshirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2024 yilda tadbirkorlik loyihalarni amalga oshirish va qo’llab-quvvatlashga 217,2 milliard so’mdan ortiq kredit resurs mablag’lari yo’naltiriladi.
Shundan, sanoat tarmog’iga 76 milliar dso’m, qishloq xo’jaligiga 75 milliard so’m, xizmat ko’rsatish sohasiga 53 milliard so’mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlik qilish istagidagi aholiga 13,2 milliard so’m “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar va ishsiz ijtimoiy daftarlarda turgan fuqarollarga 900 million so’m subsidiyalar ajratiladi.
Tumanimizda faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari (jami 3 ta shundan, 1 ta filial va 2 ta bank xizmatlari markazlari yoki ofislari) tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 48 milliard 225 million so’mlik kreditlar ajratildi. Shundan, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturlari doirasida 364 nafar aholiga 7 milliard 791 million so’mlik imtiyozli kreditlar ajratildi va 560 nafardan ortiq ishsiz oila a'zolarining bandligi ta'minlandi. Biznesni rivojlantirish banki xisobidan tashabbuskorlarga har bir mahallalardan kamida bittadan loyihalarga garov ta'minotisiz 100 million so’mgacha kredit ajratish rejalashtirilgan bo’lib, hozirgi kungacha 27 ta mahallalardan (mahallalardan 1 tadan – 6 tagacha loyihalar) 118 ta mikroloyihalar uchun 10 milliard 40 million so’m miqdorida kreditlar ajratildi.
Shuningdek, yil yakunigacha har bir mahallalardan kamida 5-6 tagacha yetkazishni oldimizga maqsad qilib olganmiz.“Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida doimiy daromadga ega bo’lmagan o’zini-o’zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun banklar tomonidan 17 million so’mgacha bo’lgan miqdorda 50 nafar fuqarolarga 85 million so’m kreditlar (mikrokreditlar) ajratildi.
Hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan mahallalarda aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirish bo’yicha “Sayxunobod” va “Uychi” tumanlari tajribalari asosida ish olib borilmoqda.
“Sayxunobod” va “Uychi” tumanlari tajribalari bo’yicha har bir mahalladan 50 ta jami 1350 ta xonadonlar tanlab olingan. Ularni yil yakunigacha 60-70 million so’mgacha yillik daromadini oshirish belgilab olganmiz. Bunda asosiy e'tiborni har bir mahalladan 1-bosqichda og’ir toifadagi (daromadi 1 million so’mdan kam), ishlashga ishtiyoqi bor 5-7 tadan jami 151 ta xonadonlar tanlab olindi, 151 ta xonadonlarga (3 talik paket – issiqxona, chorva-parranda va asalari) ko’mak berildi.
Buning hisobiga, 530 nafar aholining daromadli mehnat bilan bandligi ta'minlandi. (tomorqadan olayotgan daromadi 60-70 million so’mga, jon boshiga oyiga o’rtacha 1,5-2 million so’mga yetkaziladi).
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram