G’ALABA MUBORAK!
2024-11-09 17:04:21 444
G’alaba muborak!
Xabaringiz bor, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida sportning boks turi bo’yicha 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014-yillarda tug’ilgan kichik o’smirlar o’rtasida vodiy ochiq birinchiligi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqalarda So’x tumani yosh sportchilari ham faol ishtirok etib, ulardan 10 nafari sovrindor bo’lib qaytishdi.
Bo’lib o’tgan musobaqalarda 5 nafar yo bokschimiz ikkinchi o’rinni egallashdi va yana 5 nafari mutloq g’olib sifatida musobaqalarning g’oliblik kamarini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lishdi. Tuman bolalar yozgi sog’lomlashtirish oromgohida bo’lib o’tgan taqdirlash marosimida tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov, Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi deputati Subhonali Nishonov, yosh sportchilarning murabbiylari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
- Bo’lib o’tgan saylovlardan so’ng farzandalrimizning ushbu muvaffaqiyati o’ziga xos ramziy ma'noga ega. Tumanimiz iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ko’tarishdagi intilishlarimizga ushbu zafar bizga motivatsiya berishi tabiiy hol. Tumanimiz hokimi atrofida yanada jipslashib, So’xning rivoji va ravnaqiga astoydil hissa qo’shishga harakat qilamiz. Bu muvaffaqiyatlar bardavom bo’lishini astoydil tilab qolamiz, - dedi tadbirda so’z olgan Subhonali Nishonov.
Taqdirlash marosimidan so’ng yosh sportchilar esdalik uchun rasmga ham tushdilar. Muvaffaqiyatlaringiz, zafarli odimlaringiz va marra sari intilishlaringiz bardavom bo’lsin, so’xlik yosh va umidli, kelajagi porloq – sportchi-bokschilar!
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram