ETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMAN KENGASHINING BIRINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI. UNDA VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV ISHTIROK ETDI.
2024-11-07 15:12:55 191
Ettinchi chaqiriq Xalq deputatlari So’x tuman Kengashining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada deputatlar partiya guruhlari ro’yxatga olindi, tuman kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to’g’risidagi nizom tasdiqlandi.
Birinchi sessiya ishida viloyat hokimining So’x tumani hokimini tayinlash to’g’risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So’x tumani hokimini tayinlash to’g’risidagi viloyat hokimining qarorini o’qib eshittirdi.
So’x tumani hokimi lavozimiga nomzod Sayidmusayev Sayidbahrom Sayidburhonovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturi taqdimot qilindi.
Nomzod bo’yicha deputatlar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Deputatlar tomonidan So’x tumani hokimi lavozimiga Sayidmusayev Sayidbahrom Sayidburhonovich nomzodi tasdiqlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram