Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY AXBOROT

×

 2024-11-06 15:41:38    179

PDF yuklash
Chop etish





Ijtimoiy axborot


Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari


Urush nogironlari, I va II guruh nogironlari yer solig’ini to’lashdan to’liq ozod qilingan.


Urush nogironlari mulk solig’idan to’liq ozod qilingan.


I va II guruh nogironlari 60 kv.m. doirasida mol-mulk solig’idan ozod qilingan.


Bolaligidan nogironligi bo’lgan hamda I va II guruh nogironi bo’lgan shaxslarning MHTEKM*ning 3 baravarigacha (3 465 000) bo’lgan daromadi JShODSdan ozod etilgan.


Ya'ni nogironligi bo’lgan shaxs 3 million 465 ming so’mgacha ish haqi olsa, bu daromadidan soliq to’lamaydi. Agar maoshi 4 million so’m bo’lsa, daromadining 3 million 465 ming so’mi uchun soliq hisoblanmaydi. Qolgan summa uchun (4 million - 3 million 465 ming = 535 ming) 12 % stavkada (64 ming 200 so’m) soliq to’laydi.


Urush nogironlari, shuningdek, doimiy parvarishni talab etadigan bolaligidan nogironligi bo’lgan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (1 628 550 so’m) JShODSdan ozod etilgan.


* mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori = 1 155 000 so’m




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram