QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2024-11-06 15:38:44 176
Qonunchilikdagi yangiliklar
Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish xizmati yo’lga qo’yiladi
Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024 y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi
Unga ko’ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi:
xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash;
xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish;
voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish.
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram