FUQAROLAR QABULI
2024-11-05 17:20:55 204
Fuqarolar qabuli
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi qabuli o’tkazildi. Qabulda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimi o’rinbosarlari, Xalq qabulxonasi vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashdilar.
Unda tumanda istiqomat qiluvchi 27 nafar fuqarolar o’z murojaatlari bilan ishtirok etishdi. Murojaatlar asosan oilaga moddiy yordam, salomatlikni tiklash uchun yordam, ish bilan ta'minlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, uy-joy masalalari bilan bog’liq bo’ldi.
Tuman hokimi hamda masalaga taalluqli mutasaddilar tomonidan 17 nafar murojaatchilarga xuquqiy maslahat berildi. 6 naqar fuqarolarning muammolari shu yerning o’zida ijobiy xal etildi. Qo’shimcha o’rganish hamda vaqt talab etiladigan masalalar yechimi bo’yicha tegishli tashkilot va idoralarga ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram