Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2024-11-04 16:44:40    329

PDF yuklash
Chop etish





Savol bering, javob beramiz

 

Dekretdagi xodimning ishi qisqarsa, u qanday ish joyiga qaytadi?


Mehnat kodeksining 408-409-moddalariga asosan ish beruvchilar qisqartirishlarda homilador va bolasi 3 yoshga to’lmagan ayollarni (yoki 3 yoshga to’lmagan bolani yolg’iz o’zi tarbiyalayotgan otani) Mehnat kodeksi 161- 2-qismi 2-bandi, ya'ni, qisqartirish bilan ishdan bo’shatish mumkin emas. Bundan tashqari MKning 405-moddasiga asosan bola parvarishlash ta'tilidagi xodimning ish joyi saqlanishi shart.


Shu o’rinda savol tug’iladi: dekretdagi xodimning ishini qisqartirish mumkinmi? Yuqoridagi mehnat kodeksining normalariga asosan bu toifadagi xodimlarning ishini qisqartirib, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning zarracha imkoni yo’q (Korxona tugatilgan holatlari bundan mustasno).


Xodimni shu vaj bilan ishga qayta olmaslik qanday javobgarlikka sabab bo’ladi?


Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 49-moddasiga muvofiq mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.


O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram