1-SEKTOR HUDUDIDAGI SOHIBKOR MAHALLA FUQAROLAR YIG’INI SHAHARSOZLIK HUJJATLARI ISHLAB CHIQILDI
2024-10-31 17:07:18 614
1-sektor hududidagi Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqildi
Respublikamizda hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini takomillashtirish maqsadida 2023 yil 11 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 299-sonli “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023 — 2027 yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorning 5-ilovasiga muvofiq 2024 yilda 9 ta mahalla fuqarolar yig’inlarining shaharsozlik xujjatlari “Qishloqqurilishloyiha” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqish ishlari yakunlanmoqda. Qarorga asosan viloyatimizning Qo’shtepa tumani “Balandmasjid” mahalla fuqarolar yig’ini, Oltiariq tumani “Jarqo’rg’on” mahalla fuqarolar yig’ini, So’x tumani “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’ini, Toshloq tumani “Yuqori qishloq” mahalla fuqarolar yig’ini, Buvayda tumani “Yangi Qishloq” mahalla fuqarolar yig’ini, Dang’ara tumani “Qashqar” mahalla fuqarolar yig’ini, Quva tumani “Baynalminal” mahalla fuqarolar yig’ini, Uchko’prik tumani “Xasanqora” mahalla fuqarolar yig’ini va Oltiariq tumani Qapchug’ay mahalla fuqarolar yig’inining shaharsozlik hujjatlari tayyorlanmoqda.
So’x tumani qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi boshlig’i Muhriddin Boybolayevning ma'lumotiga ko’ra, Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini bo’yicha mazkur soha mutaxassislari ishtirokida loyiha ishlab chiqarildi. Ishlab chiqilgan loyihalarni tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda hududlardagi mahalla fuqarolar yig’iniga tanishtirish va jamoatchilik muhokamasidan o’tkazish uchun amaliy ishlar olib borilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram