Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI O’ZGARTIRISHLAR

×

 2024-10-30 16:26:42    623

PDF yuklash
Chop etish





Qonunchilikdagi o’zgartirishlar

 

 

O’zbekiston Respublikasining 2024 yil 30 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko’rishda prokurorning vakolatlarini ta'minlashga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ–968-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonun bilan O’zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi 50-moddasi birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirildi:



«Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bog’liq ishlarda yoki prokurorning da'vo arizasi (arizasi) asosida qo’zg’atilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qo’zg’atilgan ishning muhokamasida o’z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.


Prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

 

Sh.Abdullayev - Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining raisi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram