DEMIRSAD OLMASINING XARIDORGIRLIGI SIRI NIMADA?
2024-10-30 16:09:34 154
Demirsad olmasining xaridorgirligi siri nimada?
So’x tumanining mashhur Chashma bulog’i bir necha qishloqlarga obihayot baxsh etib, meva va sabzavotlarga o’zgacha ta'm beradi. Shu bois So’xda yetishtiriladigan olma, nok, o’rik, shaftoli kabi mevalar, kartoshka singari sabzavot mahsulotlari juda xaridorgir.
Shu bois ichki bozor ehtiyojidan ortgan meva-sabzavotlar qo’shni davlatlarga ham eksport qilinadi. Ayni paytda tumanda yurtimiz bozorlariga yiliga 15 ming tonnadan ziyod olma yetkazib beriladi. Shu kunlarda So’xda olma hosilini yig’ib olish mavsumi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
— Qishlog’imiz Chashma bulog’i suvidan ichadi, — deydi Demirsad qishlog’ida istiqomat qiluvchi G’ayratjon Do’stmatov. — Demirsad olmasini bir tishlasangiz, yuzingizga suvi sachraydi, mazasiga gap yo’q. Bu olmani tabiiy usulda qish-bahor mavsumiga ham sifatli saqlash mumkin.
Bu oila a'zolari xonadondagi 8 sotix tomorqadan joriy yilda 2 tonna olma hosili olishni maqsad qilgan. Chorvachilik, kartoshka yetishtirish oilaning yana bir daromad manbai hisoblanadi.
Aytish joiz, Demirsad qishlog’i bog’bonlari So’xda olma yetishtirish borasida eng tajribali mirishkorlar sifatida tanilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram