BOSH PROKUROR O’RINBOSARI SALOM SAMADOV RAHBARLIGIDAGI ISHCHI GURUH SO’X TUMANIDA BO’LDI
2024-10-04 12:05:53 754
Bosh prokuror o’rinbosari Salom Samadov rahbarligidagi ishchi guruh So’x tumanida bo’ldi
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 11 sentyabr kungi videoselektor yig’ilishida mahallalarda kambag’allikni qisqartirish, kambag’al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo’yicha topshiriqlar berilgan.
Bosh prokuror o’rinbosari Salom Samadov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Farg’ona viloyatida o’rganish ishlari davom ettirilmoqda. Aholi bilan uchrashuvlarda ularni qiynayotgan muammolar o’rganilib, ijobiy yechimi bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Tumanimizga tashrif buyurgan ishchi guruh a'zolari bosh prokuror o’rinbosari boshchiligida dastavval, So’x tuman aholisiga qulaylik yaratish maqsadida tumandagi Tul bozoridagi narx-navolar bilan tanishib, kelgusida yangi savdo shoxobchalarini kurish ishlari buyicha mas'ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.
Aholi bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash va bartaf etish maqsadida tumani madaniyat o’yi binosida ommaviy sayyor qabul o’tkazildi. Qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.
Mazkur tadbirda murojaatlar asosan moddiy yordam olish, ishga joylashish, qurilish, tergov va sudga oid, shuningdek, majburiy ijro masalalariga oid bo’ldi.
Qabul davomida tumanda ijtimoiy daftarlarda ruyxatda turgan jami 10 nafar fuqarolarga o’z-o’zini band qilish uchun subsidiya asosida motokultivator va tikuv mashinasi berildi.
So’x tumanida yashovchi, nogironligi bor bo’lgan shaxslar hamda surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turuvchi ehtiyojmand aholi uchun sayyor tibbiy ko’rik tashkil etildi.
Tibbiy ko’rikdan o’tgan 340 nafar fuqarolarning 18 nafariga respublika, viloyat shifoxonalarida davolanishlari uchun yo’llanma, 174 nafariga birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida ambulator davolanishi uchun tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tumandagi 55 nafar ehtyojmand fuqarolarga 25 600 ming so’mlik bepul dori-darmon vositalari tarqatildi.
Tumanda tashkil etilgan saylov uchastkalarida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ham ko’zdan kechirildi.
Qurilish ishlari olib borilayotgan 6, 18 va 21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktablaridagi amaliy ishlar ham o’rganildi.
So’x tumanidagi ehtiyojmand aholi uchun 21,5 tonna ko’mir mahsulotlari olib kelinib, bepul tarqatildi.
Tumanda yashovchi yashash uyini ta'mirlashga ehtiyoji bo’lgan ehtiyojmand aholi uchun 1 000 ta shifer mahsulotlari yetkazib berildi.
So’x tumandagi mahalla fuqarolar yig’nlari hududlaridagi 5.5 kilometr ichki yo’llarni asfaltlashtirish bo’yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Tumandagi 27 ta mahalla fuqarolar yig’ini raislariga ish faoliyati samaradorligini yanada ko’tarish maqsadida planshetlar tarqatildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram