Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI XODIMLARI TOMONIDAN HUDUDLARDA O’RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-09-27 16:16:11    213

PDF yuklash
Chop etish


“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan hududlarda o’rganish ishlari davom etmoqda

 

Jamiyatimizda inson manfaatini tizimli himoyalash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan, ko’p bolali fuqarolar, nogironligi bor shaxslarga amaliy va moddiy ko’mak ko’rsatish maqsadida tashkil etilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan keng ko’lamli ishlar olib borilyapti. Tumanimizda tashkil etilgan mazkur tizim xodimlari tomonidan ham mahallalarda tizimli ishlar amaga oshirilmoqda.

 

Markaz tomonidan biriktirilgan ijtimoiy xodimlar zimmasiga ham bir qator mas'uliyatli vaziflar yuklatilgan. Aholining ijtimoiy xizmat va yordamlar, shuningdek, ijtimoiy ish faoliyati haqida xabardorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko’rsatishni tashkil qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs nomidan ijtimoiy xizmat va yordamlardan foydalanish uchun so’rovnoma (ariza) kiritish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga mahalla fuqarolar yig’ini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliq inspektori bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish bo’yicha kompleks choralar ko’rish kabi kompleks vazifalarning bajarilishi ayni ijtimoiy xodim mas'uliyatiga kiradi.


Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida bo’lgan markaz vakillari asosan mahalla yettiligi bilan yuqorida tilga olingan fuqarolar holidan xabar oldilar. Markaz direktori Sayidali Temiraliyevning so’zlariga ko’ra, kompleks o’rganishlar natijasi bo’yicha amaliy ko’mak ko’rsatish choralari ham albatta ko’riladi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram