Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI O’ZGARTIRISHLAR

×

 2024-09-27 16:07:26    134

PDF yuklash
Chop etish


Qonunchilikdagi o’zgartirishlar


O’zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 sentabrdagi "O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida"gi O’RQ-953-sonli Qonuni qabul qilindi.


Qonun bilan  O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga saylov komissiyasining yoki referendum o’tkazuvchi komissiyaning a'zosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik, shuningdek siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag’lari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki o’z vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib noto’g’ri ma'lumotlarni taqdim etganlik uchun ma'muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo’shimcha kiritilgan, shuningdek qonun hujjatlarining o’zaro muvofiqligini ta'minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi aa «O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni normalaridan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi aniqlashtiruvchi o’zgartirishlar kiritilgan.


Ushbu Qonun har bir fuqaroning teng saylov huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlashga, «oilaviy» ovoz berish hollarining oldini olishga, saylov kampaniyasi vaqtida foydalanilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’lari to’g’risida tezkor va ishonchli axborot taqdim etishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga, siyosiy partiyalarning Davlat budjeti mablag’laridan foydalanish bo’yicha moliyaviy hisobdorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.


Abdullayev Shermuxammad Ro’zimatovich - Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining raisi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram