SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2024-09-27 16:06:16 123
Savol bering, javob beramiz
O’qituvchilar bayramiga bayram puli to’lanishi bilan bog’liq savollarga javoblar?
Savol: Yangi kirgan stajyor ishchiga bayram puli to’lanadimi?
Javob: Alabtta to’lanadi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o’rta ta'lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini rag’batlantirishning direktor jamg’armasini tashkil etish va uning mablag’laridan foydalanish tartibi to’g’risida"gi nizomning 29-bandiga asosan umumta'lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat «1 oktyabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan jamg’armaning mavjud mablag’lari hisobidan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi belgilangan. Bu yerda istisnolar mavjud emas.
O’ktamjon Ergashev – So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram