HUDUDLARDA IJTIMOIY VA IQTISODIY SOHADAGI MUAMMOLI HOLATLARNI ANIQLASH HAMDA ULARNI BARTARAF QILISHGA DOIR PROFILAKTIK TADBIRLAR O’TKAZILMOQDA
2024-09-26 17:28:44 88
Hududlarda ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi muammoli holatlarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilishga doir profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda
Ayni kunda So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limida tashkil etilgan tezkor shtab xodimlari tomonidan mahallarda ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi muammoli holatlarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini ta'minlash yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida hamkorlikda tezkor-profilaktik tadbirlari o’tkazildmoqda.
Shu kungacha tezkor shtab a'zolari tomonidan Tul, Sohibkor, G’aznov, Devayron, Sharqobod va Chashma mahallalarida o’tkazilgan tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash, jamoat joylarida yurish-turish qoidalariga rioya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha profilaktik ishlar olib borildi.
Mazkur tezkor shtab tarkibiga mahalla yetttiligi, gaz va elektr sohasi vakillari, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va hududlarda faoliyat olib borayotgan patronaj hamshiralar, milliy gvardiya bo’limi xodimlari, harbiy xizmatchilar, ichki ishlar bo’limi, favqulodda vaziyatlar bo’limi, tuman hokimligi vakillari hamda jamoatchilik a'zolari jalb etilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram